9—10-mart kunlari Buxoroga “Rossiya yahudiylari kongressi” xayriya jamg‘armasi delegatsiyasi tashkilot prezidenti Yuriy Kanner va rossiyalik taniqli teleboshlovchi Leonid Yakubovich rahbarligida tashrif buyurdi. Bu haqda Live Bukhara xabar bermoqda.
Delegatsiya Buxoroda yahudiy jamoatchiligi, yahudiylar madaniyat markazi vakillari hamda shahar rasmiy ma’murlari bilan uchrashdi.
Buxoro hokimi Karim Kamolov hamrohligida mehmonlar tarixiy yodgorliklar bilan tanishdi, viloyat yoshlar markaziga tashrif buyurdi va hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
Izoh (0)