Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasida bugun — 10-mart kuni 2-tur bellashuvlariga yakun yasaladi. Bungacha 4 ta uchrashuv o‘tkazib ulgurildi.
Superliga. 8-mart vodiy klublari uchun ataldi. Ravshan Ermatov esa Mirjalol Qosimovni maydondan chetlatdi
Superliga. Amaldagi chempion “Lokomotiv” 2-turdayoq ochko yo‘qotdi. “Nasaf” esa irodali g‘alabaga erishdi
Turning markaziy o‘yini Toshkent derbisi bo‘lib, unda Mirjalol Qosimov va Shota Arveladze jamoalari “Bunyodkor” stadionida to‘qnash keladi. O‘tgan mavsumni “paxtakorchilar” kuchli uchlikda yakunlagan bo‘lsa, “Bunyodkor” 4-o‘rin bilan kifoyalangandi.Toshkentning bu ikki grand klubi milliy chempionat doirasida hozirgacha 22 bor to‘qnash kelgan, kichik ustunlik “qaldirg‘ochlar” tarafida. “Bunyodkor” hisobida 7 ta g‘alaba bor, “Paxtakor”da esa 6 ta. Yana 9 ta bellashuvda g‘olibni aniqlashning imkoni bo‘lmagan. To‘plar nisbati 25:20, “Bunyodkor” foydasiga.
“Paxtakor” mezbonligida kechgan o‘yinlardan ko‘ra, “Bunyodkor” uyidagilari nisbatan sermahsulroq ekani bilan ajralib turadi. Chunki ularda 30 ta gol urilgan, “Paxtakor” uyidagi o‘yinlarda esa ikki marta kam — 15 ta.
Bellashuv 17:30 da start oladi. Bir tur avval “Bunyodkor”ning AGMK klubiga qarshi o‘yinini ko‘rish uchun 12 ming ishqiboz tashrif buyurgandi. Bugun muxlislar soni yanada ko‘proq bo‘lishi katta ehtimol. Qayd etish kerak, bir yil avval “Bunyodkor”ning barcha uy uchrashuvlariga 15 ming muxlis kelgan. Superligaga asos solingach, muxlislar tashrifida o‘sish boshlangan.
“Bunyodkor” stadionida o‘tgan 11 ta o‘yin orasidan muxlislar tashrifi borasidagi eng past ko‘rsatkich aynan 2017-yilda kuzatilgan bo‘lib, derbini tomosha qilish uchun 2 123 ishqiboz kelgandi. 2008-yilgi mavsum esa eng ko‘p odam yiqqan — 18 210.
“Bunyodkor” — “Paxtakor” 17:30“So‘g‘diyona” — “Neftchi” 20:00
Kecha — 10-mart kuni “Bunyodkor” va “Paxtakor” yoshlari o‘zaro kurash olib borib, unda Shuhrat Maqsudov muabbiylik qilayotgan yosh “qaldirg‘ochlar” 3:0 hisobida zafar quchdi. Bir yil avval “Bunyodkor” Yoshlar Ligasini g‘alaba bilan yakunlagandi.
Izoh (0)