Hindiston Oliy sudining qaroriga ko‘ra, bundan buyon kasal kishilar passiv evtanaziya huquqiga, ya’ni koma holatida hayotni ta’minlovchi vositalarni uzishga rozilik berish huquqiga ega. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Sudning qarorida aytilishicha, odam unda biror bir tibbiy muolaja o‘tkazilmasligi va hayotni ta’minlovchi tizim yordamida hayoti saqlab turilmasligiga qaror qilish huquqiga ega.
Xabarga ko‘ra, passiv evtanaziya bemor tomonidan bu amaliyotni qo‘llash haqida avvalroq vasiyatnoma qoldirilgan taqdirda qo‘llaniladi. Mazkur vasiyatnomada bemor jiddiy kasallik yoki baxtsiz hodisa oqibatida koma holatiga tushib qoladigan bo‘lsa, hayotni ta’minlovchi vositalarni o‘chirishga roziligi yoki noroziligini bildiradi.
Bundan tashqari, Oliy sud davolab bo‘lmaydigan kasalga chalingan bemorning qarindoshlari yoki do‘stlari sudga bemorni evtanaziya qilish bo‘yicha murojaat qilishi mumkinligi haqida qaror qildi. Bunday holatda tibbiy kengash tuziladi va bu kengash bemorga evtanaziya kerak yoki yo‘qligi haqida qaror qiladi.
Izoh (0)