“Trua” klubining 18 yoshli vakili Tomas Rodriges olamdan o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Rodrigesning kutilmagan o‘limi sabab Fransiya quyi ligasining 9-mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Trua” — “Valansyena” o‘yini boshqa muddatga qoldirilgan. Shuningdek, Fransiyadagi barcha futbol uchrashuvlari 1 daqiqalik sukut bilan boshlanishi ma’lum qilingan.
Tomas Rodriges payshanba kuni uyquga ketgan va juma kuni ko‘zini qaytib ochmagan. Uning o‘limi sabablari hozircha noma’lum. Avvalroq “Fiorentina” klubi sardori Davide Astorida ham xuddi shunday voqea kuzatilgan bo‘lib, u 4-mart kuni “Udine” mehmonxonasida uyquga ketib, qaytib uyg‘onmagandi. Keyinroq Davide Astorining yuragi to‘xtab qolgani aytildi va u 8-mart kuni so‘nggi yo‘lga kuzatildi.
Fotogalereya: 8-mart Italiya uchun motamga aylandi va 31 yoshida vafot etgan futbolchi Davide Astori so‘nggi yo‘lga kuzatildi
So‘nggi vaqtlarda sportchilarning kutilmaganda olamdan o‘tishi holatlari ko‘paydi. Bungacha “Stok Siti” klubining sobiq futbolchisi Jonatan Teysheyra 25 yoshida hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, keyinroq Olimpiada—2012 sovrindori Chon Chje Son kutilmagan o‘lim bilan yuzlashgandi.
Izoh (0)