AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Chon In Yon bayonot berdi, deb xabar qiladi TJournal.
Uning so‘zlariga qaraganda, Janubiy Koreya muzokaralarda vositachi bo‘lib, Kim Chen Inning uchrashuv taklifini Trampga yetkazgan. Oq Uy rahbari rozilik bildirgan.
Aytilishicha, uchrashuv 2018-yil mayiga qadar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)