Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 8-mart, payshanba kuni BMT shtab-kvartirasida Quddus va uning yahudiy xalqi tarixidagi o‘rniga bag‘ishlangan ko‘rgazmani ochdi. Bu haqda Isroil davlatining BMTdagi doimiy vakili Danni Danon Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Bosh vazir Netanyaxu BMTdagi maxsus ko‘rgazmamizni ochayotganda unga hamrohlik qilish men uchun sharaf bo‘ldi. Ko‘rgazma Isroil Davlati poytaxti Quddusdagi yahudiylarning 3000 yillik tarixiga bag‘ishlangan”, — deydi doimiy vakil.
Avvalroq 6-mart kuni Isroil diplomatik missiyasi ekspozitsiya AQShning Quddusni yahudiy davlati poytaxti deb tan olish haqidagi qaroriga qo‘shilmaydiganlarga javob bo‘lishini ta’kidlagan edi.
Danni Danon ko‘rgazma yahudiy xalqi va Quddus o‘rtasidagi aloqani uzishga urinayotganlarga ideal javob bo‘lishini ma’lum qildi.
Izoh (0)