BMT Xavfsizlik kengashi 8-mart, payshanba kuni Afg‘onistonda zo‘ravonlik darajasi yuqoriligi va tinch aholi orasida qurbonlar soni ko‘pligi yuzasidan tashvishda ekanligini bildirib, butunjahon tashkilotining mamlakatdagi missiyasini bir yilga — 2019-yilning 17-martiga qadar uzaytirdi. Tegishli rezolyutsiya Niderlandiya tashqi savdo va hamkorlikni rivojlantirish vaziri Sigrid Kag raisligida o‘tkazilgan majlisda bir ovozdan qabul qilindi, deb yozadi “TASS”.
Hujjatda BMTning Afg‘onistonga ko‘mak ko‘rsatish missiyasi mandatining uzaytirilishi Afg‘onistonning mamlakatdagi xavfsizlik va davlat boshqaruvi sohasidagi vaziyat ustidan mas’uliyatni to‘liq o‘z zimmasiga olishiga yodam berishga qaratilgan.
BMT Xavfsizlik kengashi Afg‘onistonning barcha mintaqaviy va xalqaro hamkorlarini mamlakatda tinchlik va yarashuv jarayonini qo‘llab-quvvatlash uchun harakatlarini davom ettirishga chaqirdi.
Izoh (0)