Qirg‘izistonda yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi inspektori o‘z hamkasbiga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzdi. Bunga ikkinchi YPX xodimining xizmat mashinasini noto‘g‘ri joyda to‘xtatgani sabab bo‘lgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Inspektor holatni telefon kamerasiga tasvirga olgan fuqaroning talabi sababli qonun doirasida ish tutishga majbur bo‘lgan. Holat aks etgan video YouTube’ga joylangan.