Rossiyaning Vladimir viloyatidagi yoshlar madaniyat markazida “Vladimir xalqlari go‘zali” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar bermoqda.
Tanlovda viloyat hududida istiqomat qilayotgan 9 millat qizlari ishtirok etdi. Ular Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Mordoviya, Rossiya, Tojikiston, Tatariston, O‘zbekiston va Checheniston vakillari edi.
Qizlar nafaqat go‘zalliklari, milliy liboslari, balki xalqlari madaniyati va an’analarini bilishini ham namoyish etdi.
Hay’at a’zolari O‘zbekiston vakili Maftuna Davronovani tanlov g‘olibi deb topdi. 20 yoshli Maftuna Vladimir davlat universitetida xalqaro munosabatlar yo‘nalishida tahsil oladi.
Izoh (0)