Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasida bugun — 8-mart sanasida 2-tur bellashuvlari start oladi. Payshanba oqshomidan 2 ta o‘yin joy olgan.
Ilk turda “Bunyodkor” bilan durang o‘ynagan AGMK bugun Olmaliqda Namanganning “Navbahor” klubini qabul qiladi. Bellashuv 18:00 da start oladi. 20:00 dan boshlab esa “Qizilqum” — “Qo‘qon-1912” o‘yini boshlanadi.
Sport-TV har ikki bellashuvni jonli translyatsiya qilishni rejalashtirgan. “Championat.asia” nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, Olmaliqdagi o‘yinni Xayrulla Hamidov sharhlab boradi. Navoiydagi bellashuv esa Abdulla No‘rmonovga ishonib topshirilgan.
Ertaga — 9-mart kuni yana 2 ta uchrashuv o‘tkaziladi. “Nasaf” o‘z maydonida “Buxoro” klubini qabul qilsa, “Metallurg” Toshkentda “Lokomotiv” mehmoni bo‘ladi. 2-turning markaziy o‘yini esa 10-martga tayin qilingan. Shu kuni “Bunyodkor” va “Paxtakor” klublari o‘zaro Toshkent derbisida to‘qnash keladi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra Superligani tark etgan, keyin esa ligada jon saqlab qolgan “So‘g‘diyona” va “Neftchi” esa Jizzaxda o‘ynaydi.
O‘zbekiston Superligasi 2-tur bellashuvlari 8-mart, payshanba
AGMK — “Navbahor” 18:00“Qizilqum” — “Qo‘qon-1912” 20:00
9-mart, juma“Nasaf” — “Buxoro” 18:00“Lokomotiv” — “Metallurg” 20:00
10-mart, shanba“Bunyodkor” — “Paxtakor” 17:30“So‘g‘diyona” — “Neftchi” 20:00
Izoh (0)