5-mart kuni soat 16:05 da tez harakat qilish respublika ko‘p tarmoqli markazi navbatchilik qismiga fuqaro M. Saakyan qo‘ng‘iroq qilib, uyiga kira olmayotgani va yurak kasalligidan aziyat chekuvchi onasidan juda xavotir olayotganligini bildirib, qutqaruvchilarni yordamga chaqirdi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.
Qutqaruv otryadi zudlik bilan ko‘rsatilgan manzilga yetib borib, qutqaruv asbob-anjomlari yordamida eshikni ochganida 1941-yilda tug‘ilgan Asmin Saakyan behush holatda ekanligi va uning qizi bejiz xavotir olmaganligiga guvoh bo‘ldi. Qutqaruvchilar tomonidan Asmin Saakyanga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi va respublika shoshilinchi tibbiy yordam ilmiy markaziga yuborildi.
Izoh (0)