Toshkent shahar Bektemir tumanida talonchilik jinoyati fosh etildi, deb xabar beradi Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
3-mart kuni soat 19:30 da Toshkent shahar Bektemir tumanida yashovchi uy bekasi 1967-yilda tug‘ilgan B.I o‘zi boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinasiga “Qo‘yliq” dehqon bozori yonidan O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi muqaddam sudlangan 1989-yilda tug‘ilgan B.B yo‘lovchi sifatida o‘tirib, O‘rtachirchiq tumani Saidovul mahallasidan o‘tgan “Sholikor-Saidovul” avtomobil yo‘lining ichki yo‘lida hech kim yashamaydigan yerga yetganida avtomashinani to‘xtatishini so‘rab, unga tegishli bo‘lgan 50 ming so‘m pul, “Filips” rusumli uyali telefon va avtomobil pultini qo‘rqitish yo‘li bilan olib qo‘yib, voqea joyidan yashiringan. Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida B.B ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan.
O‘rtachirchiq tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan B.Bga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 166-moddasi (talonchilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Izoh (0)