Afg‘onistonning Nangarxar viloyatida yuz bergan portlashda ikki kishi halok bo‘ldi, o‘ndan ortiq odam jarohatlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, terrorchilar tungi soatlarda viloyat haj ishlari departamenti boshlig‘ining mashinasini portlatib yuborgan. Buning oqibatida amaldor va uning tan soqchilaridan biri halok bo‘lgan.
6-mart kuni terrorchilar Jalolobod chekkasida neft tashuvchini portlatib yuborgan edi. Bu terakt oqibatida ham ikki kishi halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)