“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2018-yilning 2-yanvaridan Qozog‘iston va Rossiya temir yo‘l yo‘nalishlariga 45 foizgacha chegirmalar joriy qilingani mamlakat tomonidan o‘zaro preferensiyalar taqdim etish borasidagi intilishlarning amaliy ifodasi bo‘ldi, deb yozadi O‘zA.
O‘z navbatida, Qozog‘istonda “Beynov – Akjigit – O‘zbekiston chegarasi” avtomobil yo‘lining rekonstruksiyasi boshlab yuborildi. Uzunligi 85 kilometr, umumiy qiymati qariyb 20 milliard tengeni tashkil etadigan mazkur yo‘l uchastkasi “Toshkent – Samarqand – Buxoro – Nukus – Atirau – Astraxan” xalqaro tranzit-transport yo‘lagi tarkibiga kiradi. Ushbu yo‘lak mamlakatga Kaspiybo‘yi mintaqasi hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga chiqish imkonini beradi.
Shuningdek, Qozog‘istonning Maqtaaral tumani hududidan o‘tgan Toshkent va Samarqandni bog‘lovchi avtomobil yo‘lining qayta ishga tushirilishi, Toshkent – Olmaota yo‘nalishida tezyurar poyezd va ikki mamlakat shaharlarini bog‘lovchi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgani hududlararo madaniy-gumanitar aloqalar rivoji, savdo aylanmasi hamda investitsiyalar hajmining sezilarli oshishini ta’minlamoqda, deyiladi xabarda.
Izoh (0)