1-mart kuni start olgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining ilk turi 4-mart kuni yakuniga yetdi. Undan joy olgan jami 6 ta uchrashuvni umumiy hisobda 80 617 nafar tomoshabin kuzatib bordi, deb yozdi “Championat.asia” nashri.
Superligada olib qolingan “Neftchi” ishtirokidagi o‘yinni ko‘rish uchun eng ko‘p muxlis keldi — 19 632 nafar. Bir yil avval farg‘onaliklar stadionga 8 117 nafar muxlis kelganida, to‘ppilarni tepaga otgandi. Endi esa o‘tgan yilgi rekord ikki barobar yaxshilandi.
“Bunyodkor” ham oldinga katta qadam tashlagan. 2017-yilgi mavsumda “Bunyodkor”ning 15 ta uy uchrashuviga jami 13 004 nafar tomoshabin kelgandi. Bu yil esa AGMKga qarshi o‘tgan 1-turning o‘zigayoq 12 475 ishqiboz kelgan.
1-turning faqatgina 1 ta o‘yiniga 10 mingdan kam odam keldi: “Metallurg” — “Navbahor”. O‘tgan yili Bekoboddagi stadion 15 ta uchrashuvda jami 15 653 muxlis yiqqandi. Bu yil bittagina o‘yinda shuning yarmi qayd etildi — 8 175.
Superliga 1-tur Muxlislar tashrifi
“Neftchi” — “Nasaf” — 19 632“Paxtakor” — “So‘g‘diyona” — 15 026“Buxoro” — “Qo‘qon-1912” — 13 495“Bunyodkor” — AGMK — 12 475“Qizilqum” — “Lokomotiv” — 11 814“Metallurg” — “Navbahor” — 8 175
Izoh (0)