PFL O‘zbekiston Superligasi uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan futbolchilar nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, eng yosh futbolchi AGMK safida ro‘yxatdan o‘tgani ma’lum bo‘ldi.
Himoyachi Eldor Begimov 2001-yilning 31-yanvar kuni dunyoga kelgan. U AGMK klubi safida ro‘yxatdan o‘tayotganida 17 yoshga qadam qo‘ygandi. “Nasaf”ning shu yil 20-martda tug‘ilgan darvozaboni Abduvohid Ne’matov esa 17 ga ham kirib ulgurmagan. Aynan shu futbolchi Superliganing eng yosh a’zosidir.
Eng qariya futbolchi esa Anvar Berdiyev. Hujum chizig‘idagi o‘yinlari orqali o‘zbekistonlik futbol muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan Berdiyev “Neftchi” safida to‘p tepadi. U 1978-yilning 11-may kuni tug‘ilgan. Ya’ni, bir necha kundan keyin 40 yoshli yubileyini qarshi oladi.
Berdiyev uchun “Neftchi” qadrdon jamoa. Biroq Yuriy Sarkisyan jamoadan ketgach, hujumchi ham boshqa klublar sharafini himoya qilib yurdi. Ko‘rinishidan u faoliyatini aynan farg‘onaliklar safida yakunlashni maqsad qilgan.
Izoh (0)