AdMe samolyot eshigi ochilib ketishidan qo‘rqib unda parvoz qilishni istamaydigan odamlar uchun bu borada hech qanday xavotirga o‘rin yo‘qligini isbotlovchi ma’lumotlarni taqdim etdi.
Parvoz vaqtida samolyot eshigini ochish mumkinmi?
Aerofoblar (uchar qurilmalarda parvoz qilishdan qo‘ruvchilar) bemalol chuqur nafas olishlari mumkin. Parvoz vaqtida samolyotning avariya holatlariga mo‘ljallangan eshigini ochishning deyarli imkoni yo‘q, chunki ichki bosim tashqaridagi atmosfera bosimidan biroz yuqori. Shu sababli havoda harakatlanayotgan samolyot eshigini ochish uchun juda katta kuch talab etiladi.
Agarda eshikni ochishga muvaffaq bo‘linsa, nima qilish kerak?
Eshik qandaydir usul bilan ochilgan taqdirda ham, birinchi navbatda bosim tushib ketadi. Yo‘lovchilar qarshisiga kislorod niqoblari tepadan tushadi va uni 15 soniya ichida taqish kerak. Styuardessalarning aytganini qilmasdan, xavfsizlik kamarini taqmagan yo‘lovchilar esa niqobni taqishga ulgurmasidan, havo kemasidan tashqariga uchib ketadi.
Uchuvchilar biror chora ko‘rishga ulguradimi?
Bu kabi holatlarda uchuvchilar kislorod tugab qolguniga qadar iloji boricha samolyotni 3 ming metr balandlikka qadar tushirishlari kerak. Shundagina yo‘lovchilar bemalol nafas olishi mumkin bo‘ladi. Agarda uchuvchilar zudlik bilan harakat qilmasa, samolyot bo‘laklarga ajralishni boshlaydi.
Eshik ochilib ketmasligining yana biror-bir kafolati bormi?
Yuqorida aytilganidek, parvoz vaqtida samolyot eshigini bir necha kishi ham ochishga qodir emas, shunga qaramay doimo vahimada yuradigan odamlar uchun yana bir isbot mavjud. Eshik tashqarisiga o‘rnatilgan “Kuper kuragi” nomli maxsus qurilma havo oqimi ostida og‘ib, parvoz vaqtida eshikning ochilishiga to‘sqinlik qiladi.
Izoh (0)