Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasining 29-tur bellashuvlari bugun — 5-mart kuni bo‘lib o‘tadigan “Kristal Pelas” — “Manchester Yunayted” o‘yini bilan o‘z yakuniga yetadi.
APL 29-turi koreyalik futbolchilar uchun ataldi. “Tottenhem” va “Liverpul”da ishonchli g‘alaba. Bugun esa “Siti” — “Chelsi” o‘yini
“Arsenal” esa o‘zi ishtirok etgan so‘nggi 8 ta bellashuvning 6 tasida imkoniyatni boy berdi. Ketma-ket to‘rt o‘yinda “to‘pchilar” maydonni boshlari egik holda tark etishdi. “Brayton”ga qarshi o‘yinda ham ular aqalli durangga erisha olmadi.
Arsen Venger jamoasi Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni istasa, Yevropa Ligasida zafar quchishi kerak bo‘ladi. Bu musobaqada “Arsenal”ning raqibi “Milan”dir. Birinchi uchrashuv 8-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Angliya Premyer-Ligasi 29-tur bellashuvlari 4-mart, yakshanba
“Brayton” — “Arsenal” 2:1
Gollar: Lyuis Dank, 7 (1:0). Glenn Myurrey, 26 (2:0). Pyer-Emerik Obameyang, 43 (2:1).“Manchester Siti” — “Chelsi” 1:0
Gol: Bernardu Silva, 46 (1:0).5-mart, dushanba“Kristal Pelas” — “Manchester Yunayted” 01:00
Izoh (0)