Agar AQSh yadroviy kelishuvni bekor qilsa, Eron ikki sutka ichida yuqori boyitilgan uran ishlab chiqarishni boshlab yuborishi mumkin. Bu haqda Eron atom energiyasi tashkiloti rasmiy vakili Behruz Kamolvaniy bayonot berdi, deb xabar qiladi EADaily.
Uning so‘zlariga qaraganda, 48 soat ichida ishlab chiqarilishi boshlangan uranning boyitilish darajasi 20 foizni tashkil etadi.
Kamolvandiyning fikricha, o‘z ritorikasiga qaramay, Tramp kelishuvdan chiqishga jur’at eta olmaydi.