Qirg‘iziston poytaxti Bishkek mezbonlik qilgan sport kurashlari bo‘yicha Osiyo Chempionati o‘z yakuniga yetdi, deb yozdi MOQ matbuot xizmati.
Birinchi galda yunon-rum kurashi bo‘yicha turnir o‘tkazilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida Qirg‘iziston hamda Qozog‘istondan keyin 3-o‘rinni egallagan.
Yunon-rum kurashida Elmurat Tasmuradov (-63 kg) o‘zini ko‘rsatib, oltin medalga ega chiqqan bo‘lsa, Rustam Assakalov (-97 kg) hamda Mo‘min Abdullayev (-130 kg) final jangida imkoniyatni boy berib, kumush bilan cheklangan. Islom Bahromov (-60 kg), Mirzobek Rahmatov (-67 kg) va Aram Vardanyan (-72 kg) bronzani qo‘lga kiritgan.
Erkin kurashda esa O‘zbekiston terma jamoasi Osiyoning qolgan mamlakatlaridan ustunlik qildi. Bu yerda Ixtiyor Navro‘zov (-63 kg), Magomed Ibragimov (-97 kg), David Modzmanashvili (-125 kg) oltin medal bilan taqdirlangan. Mahmud Shavkatov (- 57 kg) va Rashid Qurbonov (-79 kg) kumushga ega chiqqan. Yana uch sportchi — Abbos Rahmonov (-61 kg), Timur Usmonohunov (-65 kg), Aziz Soliyev (-92 kg) bronza bilan cheklangan.
Izoh (0)