2-mart kuni Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor D. Abdiqarov boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahar IIBBga tashrif buyurdi. Bu haqda idora sayti orqali ma’lum qilindi.
Mehmonlarni Bosh boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik D. Toshxo‘jayev qabul qildi.
Delegatsiya a’zolariga davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimi to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Mehmonlarda Bosh boshqarma navbatchilik qismida joriy etilgan IT-texnologiyalar, ayniqsa avtomatlashtirilgan geoinformatsion tizim katta qiziqish uyg‘otdi.
O‘z navbatida, janob Abdiqarov samimiy qabul uchun minnatdorchilik izhor etib, ikki davlat o‘rtasida huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlash sohalaridagi hamkorlik kelajakda yanada kengayishiga va mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.
Izoh (0)