Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko armiyaning maxsus operatsiyalar kuchlari haqidagi tartibni imzoladi. Hujjatning o‘zi maxfiylashtirilgan, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Maxsus operatsiyalar kuchlari Ukraina qurolli kuchlarining alohida turi hisoblanadi. Uning vazifalari qatoriga maxsus operatsiyalar va maxsus razvedkani amalga oshirish kiradi.
Mazkur kuchlarning strukturasi maxsus vazifalarni bajaruvchi, axborot-psixologiya va ta’minot harbiy qismlaridan iborat.
Izoh (0)