O‘zbekistonlik jangchi Mahmud Murodov Chexiya poytaxti Pragada o‘tgan navbatdagi jangida ham g‘olib chiqdi.
Tisport Arena majmuasida Murodovga MMA ustasi — braziliyalik Edvaldo de Olivera raqib bo‘ldi. Mazkur sportchi o‘zbekistonlik Murodovning zarbalariga ikki raund ham turib bera olmadi. Aynan 2-raundda Mahmud raqibini nokaut qilishga erishdi.
Avvalroq mazkur jang O‘zbekistonning “Sevimli” telekanalida jonli translyatsiya qilinishi aytilgandi.