Misr harbiylari Sinay shimolida o‘tkazilgan keng miqyosli aksilterror operatsiyasi davomida ikki kun ichida o‘n jangarini yo‘q qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Shuningdek, xavfsizlik kuchlari ko‘plab portlovchi uskunalarni, qurol-yarog‘ omborlarini va terrorchilar makonlarini yo‘q qildi. Yer osti yoqilg‘i zaxirasi aniqlandi.
Bundan tashqari, Liviya bilan chegarada terrorchilarning qurol olib ketayotgan 11 mashinasi yo‘q qilindi.
Izoh (0)