O‘zbekiston Milliy universitetining “Ijtimoiy ish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Rossiyaning Belgorod sotsiologik tadqiqotlar milliy universiteti hamkorligida “Ijtimoiy ish texnologiyalari” mavzusida vebinar — onlayn videokonfrensiya tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ma’ruzani Belgorod sotsial tadqiqotlar milliy universiteti “Ijtimoiy ish” kafedrasi mudiri, sotsiologiya fanlari doktori Olga Volkova olib bordi.
Ma’ruza onlayn ravishda innovatsion texnologiyalardan foydalanilgan holda olib borildi. Vebinar ochiq ma’ruzasi davomida talabalar ma’ruzani yozib borishdi va mavzu yuzasidan Olga Aleksandrovna savol-javob qildi.
O‘zMU talabalarining fikricha, onlayn muloqotlar jarayoni ta’lim sifatining yanada oshishiga xizmat qiladi.
Izoh (0)