Vladimir Putin Rossiya ixtiyoridagi yangi qurol turlari e’lon qilingandan so‘ng yuzaga kelgan yangi sovuq urush boshlanishi haqidagi fikrlarni “targ‘ibot” deb atadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Amerikaning NBC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.
Putinning fikricha, qurollanish poygasi 2002-yildayoq, Amerika raketaga qarshi mudofaa bo‘yicha kelishuvdan chiqishi bilan boshlangan.
Prezident tanishtirilgan barcha qurol-aslahalar amerikalik soliq to‘lovchilarning raketaga qarshi mudofaa uchun sarflagan pullari behuda ketganligini isbotlab, sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tganligini tasdiqladi.
Izoh (0)