Otabek Mustafoyev “O‘zsharobsanoat” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
U bunga qadar O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgandi.
Shuningdek, Temur Umarov mazkur jamiyat boshqaruv raisining o‘rinbosari lavozimini egalladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining “Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, “O‘zvinosanoat-xolding” aksiyadorlik jamiyati “O‘zsharobsanoat” AJ deb qayta nomlandi.
Izoh (0)