Futbol bo‘yicha Iroq va Saudiya Arabistoni milliy terma jamoalari o‘zaro maydonga tushdi. Bu haqda “Championat.asia” nashri xabar berdi.
Iroqliklar o‘z uylarida Saudiyaga qarshi 40 yildan buyon to‘p tepmayotgandi. Ayniqsa so‘nggi yillarda mamlakatda hukm surgan notinchlik sabab Iroq uy uchrashuvlarini neytral mamlakatlarda o‘tkazishga majbur bo‘lib qolgandi.
Saudiya Arabistoni termasi Basra shahrida qabul qilindi va o‘rtoqlik bellashuvini tomosha qilish uchun 60 ming ishqiboz tashrif buyurdi. Bundan ruhlangan iroqlik futbolchilar Saudiyadan ustun futbol namoyish qildi va 4:1 hisobida zafar quchdi.
Shu kuni 2007-yilgi Osiyo Kubogida chempion bo‘lgan iroqlik futbolchi Mahdi Karim terma jamoasi safidagi xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi.
Saudiya Arabistoni terma jamoasi Rossiya—2018 chiptasini qo‘lga kiritgan. Mundialning guruh bosqichida ular Rossiya, Misr va Urugvayga qarshi kurash olib boradi.
Izoh (0)