Leonardo da Vinchi mo‘yqalamiga mansub “Jokonda” kartinasi (“Mona Liza” nomi bilan ham mashhur) Parijdagi Luvr muzeyini tark etishi mumkin. Bu haqda Fransiya madaniyat vaziri Fransuaz Nissen ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Yaqin orada Luvr direktori bilan uchrashaman va biz bu mavzuni jiddiy muhokama qilamiz. Mashhur san’at asarlari to‘rt devor ichida qolib ketmasligi kerak. Mamlakatning turli hududlarida ular bilan tanishish imkoniyati yaratilishi lozim”, — ta’kidladi vazir.
Hozirda Fransiya shimolidagi Lans shahrida joylashgan Luvr filiali “Jokonda”ni qo‘lga kiritish uchun asosiy nomzod bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, Ikkinchi jahon urushidan so‘ng “Mona Liza” Luvr muzeyini deyarli tark etmagan. Faqat 1963-yilda AQSh, 1974-yilda esa Yaponiya va Sovet Ittifoqiga olib borilgan. 2005-yildan boshlab Luvrda kartina uchun alohida zal ajratilgan.
Izoh (0)