Chexiya Yevrokomissiyaning majburiy kvotalariga muvofiq birorta ham muhojirni qabul qilmaydi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Andrey Babish parlamentda deputatlar savollariga javob berayotib aytib o‘tdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Biz hech qachon hech qanday kvotalar bo‘yicha hech qanaqa muhojirlarni qabul qilmaymiz. Birortasini ham. Mamlakatimizda kim yashash va ishlash huquqiga ega ekanligi haqida kimdir bizga buyruq berishiga qat’iy qarshimiz. Majburiy kvotalar samarasiz va Yevropani ajratib qo‘yadi, xolos”, — dedi Babish.
Shuningdek, uning eslatishicha, Vishegrad to‘rtligi mamlakatlari — Chexiya, Slovakiya, Polsha va Vengriya arizasi bilan Yevroittifoqning moliyaviy va moddiy ko‘magi Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqdan muhojirlarni bevosita qabul qilib oluvchi mamlakatlarga, ya’ni Yevroittifoqning O‘rtayer dengizidagi a’zolariga taqdim etilishi kerak. Va Vishegrad to‘rtligi mamlakatlari, Babishning so‘zlariga ko‘ra, o‘z tomonidan janubda Yevropa chegaralari mustahkamlanishini va muhojirlarning o‘zlari yetib kelgan mamlakatlarda yashashini astoydil moliyalashtirmoqda, biroq ularni o‘z mamlakatlarida qabul qilishdan bosh tortadi.
Izoh (0)