Burkina-Faso poytaxti Uagaduguda 2-mart kuni terakt ro‘y berdi. Bu haqda Fransiyaning Sohil bo‘yicha maxsus vakili Jan-Mark Shatanyer Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, qurollangan odamlar hukumat kvartali atrofiga hujum uyushtirgan. Ularga qarshi maxsus mo‘ljal qo‘shinlari yuborilgan. Guvohlar Uagadugu markazida portlash va otishma ovozlari eshitilayotganini bildirmoqda.
Oxirgi ma’lumotga ko‘ra, hujum uyushtirganlarning to‘rt nafari hukumat kuchlari tomonidan yo‘q qilingan.
Izoh (0)