Braziliyaning San-Paulu shtati Andradina shahrida sirk akrobati tomosha vaqtida trapetsiyadan yiqilib tushdi, deb yozadi Daily Mail.

Foto: Daily Mail

O‘rgimchak odam kostyumini kiyib olgan akrobat trapetsiyada uchayotgan paytda muvozanatni yo‘qotib, ag‘anab tushdi. U yiqilgan masofa taxminan 4,5 metrni tashkil etdi.

Xabarda qayd etilishicha, akrobatga jiddiy zarar yetmagan. Ko‘ngilsiz hodisadan so‘ng u shifoxonaga olib borilgan. Tibbiy ko‘rik va yengil muolajadan so‘ng unga uyga ruxsat berilgan.