WSB musobaqasining 2-turida Cuba Domadores klubini mag‘lub etib, okean ortidagi mag‘lubiyat alamini olgan Uzbek Tigers endi Colombia Heroicos bokschilarini qabul qilmoqda. To‘rtinchi jangdan keyin o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalarining g‘alabasi naqd bo‘ldi.
Bungacha Shunqor Abdurasulov hamda Mahmud G‘oipov kolumbiyalik raqiblarini texnik mag‘lubiyatga uchratgandi. Boks oqshomining to‘rtinchi jangida esa Bektemir Meliqo‘ziyev -81 kilogramm vazn toifasidagi sportchi Diyego Motoani taslim qildi.
Jarohati borligi sabab Bektemir Meliqo‘ziyev Kubaga bora olmagandi. Uning vazn toifasida Xulio La Kruzga qarshi ringga chiqqan Madiyor Saidrahimov 0:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, bugun Bektemir raqibini xuddi shu hisobda mahf etdi.
Oldinda yana 1 ta jang bor. Unda qanday natija qayd etilsa ham, Uzbek Tigers boks oqshomining umumiy natijasini o‘z foydasiga hal qilib ulgurdi.
Uzbek Tigers — Colombia Heroicos 3:1
- -52 kg: Xudoynazar Fayzov — Keybar Avila 1:2
- -60 kg: Shunqor Abdurasulov — Duvan Zuleta (texnik g‘alaba)
- -69 kg: Mahmud G‘oipov — Aleksandr Ranxel (texnik g‘alaba)
- -81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev — Diyego Motoa 3:0
- +91 kg: Bahodir Jalolov — Kristian Salkedo
Colombia Heroicos bungacha Kubadan klubidan 0:5 hisobida yengilgandi. Keyinroq esa Venesuela klubini o‘z ringlarida 3:2 hisobida taslim qildi, safarda esa shu hisobda mag‘lub bo‘lgan.
Izoh (0)