Yevropa mamlakatlari 26-fevralda kuchli sovuq va qor bo‘roni ostida qoldi. OAV Sibirdan kirib kelgan bu hodisani “Sharqdan kelgan hayvon” deb atadi. Buyuk Britaniya meteorologlarining ma’lumotlariga ko‘ra, sovuq havo oqimi Shimoliy yarimsharda fevralning boshida bo‘lgan “stratosfera isishi” natijasida yuzaga kelgan.

Sovuq havo oqibatida Bryussel shahri meri politsiyaga uysizlarni ularning ixtiyoriga qarshi bo‘lsa ham, issiq joylarga olib borish haqida topshiriq bergan, Italiyaning Rim shahrida esa olti yil ichida birinchi marta qor yog‘di. “Sharqdan kelgan hayvon” butun Yevropa bo‘ylab parvozlarning bekor qilinishiga va yo‘llarning yopilishiga sabab bo‘ldi. TJournal ijtimoiy tarmoqlarda Yevropadagi holatni aks ettirgan suratlarni jamlab, taqdim etdi.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Foto: TJournal