Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ag‘darilib ketgan avtobusning o‘zbekistonlik yo‘lovchilariga yurtiga qaytishda yordam berildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
“O‘zbekiston elchixonasi Qozog‘istonning vakolatli organlari bilan birgalikda 2018-yil 26-fevralga o‘tar kechasi Aqto‘be viloyatida yo‘l-transport hodisasi natijasida jabrlangan O‘zbekiston fuqarolariga yordam berish bo‘yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirdi”, — deyiladi xabarnomada.
Eslatib o‘tamiz, Avariya Samara—Chimkent avtomobil yo‘li yaqinida joylashgan Xromtou qishlog‘i oldida, taxminan, soat 20:40 da sodir bo‘lgan. Mercedes avtobusining 35 yoshli haydovchisi boshqaruvni eplay olmay qolgan. YTH oqibatida O‘zbekistonning yetti nafar fuqarosi jarohat olgan bo‘lib, ular shifoxonaga yetkazilgan. Avtobus salonida jami 25 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Hozirgi paytda avtobusda halokatga uchragan 25 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchilarga o‘z vataniga qaytishi uchun ko‘mak ko‘rsatildi. Jabrlangan yetti nafar o‘zbekistonlik Xromtau shahrining markaziy tuman kasalxonasidan davolanib chiqdi. Ularning sog‘lig‘i qoniqarli deya baholanmoqda.
Izoh (0)