24-fevral kuni Toshkent shahrining Sergeli tumani “No‘g‘ayqo‘rg‘on” mahallasida yer osti kanalizatsiya quvurida avariya yuzaga keldi. Avariya natijasida mahalla hududidagi to‘rtta xonadon hovlisiga qisman oqova suvlari toshib kirdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Avariyani bartaraf etish uchun Toshkent shahar hokimligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat sanitar-epidemiologik nazorat markazi va boshqa kommunal xizmatlarning kuch va vositalari jalb qilindi.
Avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)