AQSh fuqarosi Yaponiyada u bilan uchrashuvga chiqqan qizni o‘g‘irlash, o‘ldirish va bo‘laklarga ajratishda gumon qilib, qo‘lga olindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Politsiyaga ko‘ra, Sanda shahrida (Xyogo prefekturasi) yashovchi 27 yoshli qiz 26 yashar AQSh fuqarosi Yevgeniy Bayraktar bilan Osakada uchrashadi. Kuzatuv kamerasi 16-fevral kuni ular Xigasinari okrugidagi kvartiralari sayyohlar uchun ijaraga beriladigan uyga kirganini qayd etdi.
Qiz shundan so‘ng videoyozuvlarda ko‘rinmadi. Ertasiga uning onasi qizni qidiruvga berdi.
Mazkur ishni tekshirish davomida politsiya xodimlari boshqa kvartirada kesilgan bosh solingan jomadonni topdi. Tananing boshqa qismlari hozircha topilgani yo‘q.
Izoh (0)