Amerikaning SpaceX kompaniyasi 25-fevral, yakshanba kunga belgilangan parvozni kechiktirdi. Bugun Falcon 9 raketasi Ispaniyaning Hispasat 30W-6 telekommunikatsion sun’iy yo‘ldoshi bilan parvoz qilishi kerak edi. Bu haqda kompaniyaning Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilindi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Mazkur dam olish kunlariga belgilangan parvozni obtekatel germetizatsiyasi tizimini qo‘shimcha sinovdan o‘tkazish uchun bekor qildik”, — deyiladi xabarda.
Raketa uchirilishining yangi sanasi ma’lum qilinmagan.
Izoh (0)