MOQ prezidenti va O‘FA birinchi vitse-prezidenti sifatida faoliyat olib borayotgan Umid Ahmadjonov yana bir tashkilotga prezident etib saylandi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
OFK qit’a mamlakatlarida futbolni rivojlantirish yo‘lida ularni turli mintaqalarga bo‘lib chiqqandi. Unga ko‘ra, Markaziy Osiyo tasarrufiga kiruvchi O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Turkmaniston mamlakatlari, shuningdek, Eron hamda Afg‘oniston bir bo‘lib — Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasini (KAFA) tashkil qilgandi.
Mazkur a’zo mamlakatlarning umumiy assotsiatsiyasi OFK ishonchiga ko‘ra, Toshkentga joylashgandi. Bugun — 24-fevral kuni Hyatt Regency mehmonxonasida mazkur assotsiatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Yakunda assotsiatsiyasi prezidenti etib Umid Ahmadjonov saylandi.KAFA Kongressida quyidagi rasmiy delegatlar ishtirok etdi
- Said Alirizo Og‘azodiy — Afg‘oniston futbol federatsiyasi bosh kotibi
- Mahdiy Taj — Eron futbol federatsiyasi prezidenti
- Ali Kafashiyon — OFK vitse-prezidenti
- Semetey Sultanov — Qirg‘iziston futbol federatsiyasi prezidenti
- Dostonbek Qonoqboyev — Qirg‘iziston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti
- Xurshed Mirzo — KAFA vitse-prezidenti
- Davlatmand Islomov — Tojikiston futbol federatsiyasi bosh kotibi
- Farhod Sayfiddinov — Ijroqo‘m a’zosi
- Choriyor Otayev —Turkmaniston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti
- Bobonazar Haqnazarov — Turkmaniston futbol federatsiyasi mutaxassisi
KAFA Kongressiga quyidagi mehmonlar taklif etildi
- Vohid Kardaniy — OFK Xalqaro boshqarmasi boshlig‘i
- Chung Mong Gyu — Janubiy Koreya futbol assotsiatsiyasi prezidenti
- Park Yong Su — Janubiy Koreya futbol assotsiatsiyasi prezidentining maslahatchisi
- Shayx Xalifa At-Taniy — Qatar futbol assotsiatsiyasi prezidenti
- Xalifa Huseyn Johar — Qatar futbol assotsiatsiyasi prezidenti maslahatchisi
- Tariq An-Na’ma — Qatar futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti
- Ali Dovud Ash-Shukriy — Qatar futbol assotsiatsiyasi ijrochi-direktori
- Mushtoq Al-Vayliy — Qatar futbol assotsiatsiyasi ijrochi-direktori
Izoh (0)