Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 1-turidan joy olgan barcha bellashuv Sport-TV kanali orqali jonli namoyish qilinadi. Bunaqasi O‘zbekiston futboli tarixida bo‘lmagandi.
Telekanal Superliga uchrashuvlarini namoyish etish bo‘yicha PFL bilan kelishuvga erishdi. Keyinroq esa axborot hamkori sifatida “Championat.asia” nashrini afzal bildi. Bugun — 24-fevral kuni ular 1-tur bellashuvlarini sharhlab boruvchi sharhlovchilar nomiga oydinlik kiritdi.
Unga ko‘ra, “Paxtakor” va “So‘g‘diyona” klublari o‘rtasidagi bellashuv Xayrulla Hamidovning chekiga teshdi. Farrux Rasulov esa ilk turda hammadan ko‘proq ishlaydi. U avvaliga Navoiydagi “Qizilqum” — “Lokomotiv” bellashuvini sharhlaydi. 3-mart kuni esa Buxoroga o‘tib, mezbonlarning “Qo‘qon-1912” klubiga qarshi uchrashuvida ishlaydi.
O‘zbekiston Superligasi 1-tur bellashuvlari 1-mart, payshanba
“Qizilqum” — “Lokomotiv” — 18:00 (Farrux Rasulov)“Neftchi” — “Nasaf” — 20:00 (Murod Rizayev)
2-mart, juma“Metallurg” — “Navbahor” — 18:00 (Dilshod To‘xtabekov)“Paxtakor” — “So‘g‘diyona” — 20:00 (Xayrulla Hamidov)
3-mart, shanba“Buxoro” — “Qo‘qon-1912” — 17:30 (Farrux Rasulov)“Bunyodkor” — “AGMK” — 20:00 (Zafar Qosimov)
Izoh (0)