Yangi Nokia smartfonlari 25-fevral kuni MWC 2018 ko‘rgazmasi doirasida taqdim etiladi. Kompaniya hamyonbop Nokia 1, shuningdek, Nokia 9 flagmanini hamda o‘rta segmentga mo‘ljallangan Nokia 7+ modellarini namoyish etadi, deb xabar berdi Hi-Tech.Mail.Ru.

Foto: IThome

Nokia 7+ o‘zidan oldingi Nokia 7 smartfonidan kattaroq va “kuchliroq”. Uni o‘zidan oldingi ajdodi bilan faqatgina dizayni bog‘lab turadi — orqa qopqog‘i oynadan ishlangan metall korpus. Old tomonining hoshiyasi esa ingichkalashgan, orqa tomonidan ikkitalik asosiy kamera o‘rin olgan.

Foto: IThome

Ekran dioganali 5,2 dyumdan 6 dyuymga qadar kattalashgan bo‘lib, tomonlar nisbati 18:9. Asosiy kameralar 12 va 13 megapikselli Carl Zeiss optikasi bilan jihozlangan.

Nokia 7+ Snapdragon 660 protsessorida ishlaydi, tezkor xotirasi 4 gigabaytga, ichki xotirasi 64 gigabaytga teng.