Navoiy davlat pedagogika instituti o‘qituvchisining ishonchiga kirib, Karmana tumani “Do‘stlik” massivi va Kumushkon mahallasi hududidan yer-joy olib berishni va’da qilgan holda, uning 33 million so‘m pulini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan N.Sh. ismli fuqaro ismli fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib, O‘zA xabar berdi.
N.Sh.ning mazkur “operatsiya”sini uddalashida “Navoiy invest baho” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlashi qo‘l kelgan. MChJning mas’uliga sodda o‘qituvchi ishongan. Lekin na yerdan, na puldan darak bo‘lmagach, jabrlanuvchi aldanganini anglab yetgan.
Mazkur holat yuzasidan N.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)