AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Noyert Suriya bo‘yicha Ostona jarayoni Sharqiy Gutadagi vaziyat tufayli barbod bo‘lganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Sharqiy Gutadagi vaziyat ham biz ko‘p marta muhokama qiladigan Ostona jarayoniga oydinlik kiritadi. Bu AQSh ko‘plab savollar beradigan masala: AQSh Ostonada ishtirok etadimi? Ostona — yaxshi narsami? Bu Ostona jarayoni barbod bo‘lganligini ko‘rsatadi”, — deydi Noyert.
U Rossiya va Eronning Suriya hukumatini qo‘llab-quvvatlashi Moskva mamlakatda yuz berayotgan hamma narsa uchun javobgar ekanligini ko‘rsatishini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)