2018-yilning 21-fevralidan 1-martiga qadar Xalqaro valyuta jamg‘armasi Statistika departamenti ishchi missiyasi O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Bu haqda Uz24 xabar bermoqda.
Missiya maqsadi XVJ kengaytirilgan ma’lumotlarni tarqatishning umumiy tizimini O‘zbekistonda joriy etishda ko‘mak ko‘rsatishdan iborat.
20-fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasida XVJ missiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda missiya mamlakatning oxirgi yillardagi iqtisodiy taraqqiyoti asosiy ko‘rsatkichlari bilan tanishtirildi.
XJV missiyasi kengaytirilgan ma’lumotlarni tarqatishning umumiy tizimiga qo‘shilish bo‘yicha ishlar natijasini ijobiy baholadi. Tashrif dasturiga muvofiq 21-fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasida mazkur qo‘mita, Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakillari uchun kirish o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Avval ma’lum qilinganidek, O‘zbekiston 2018-yil oxiriga qadar kengaytirilgan ma’lumotlarni tarqatishning umumiy tizimiga qo‘shilish uchun barcha ishlarni yakunlashni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)