Xitoy patrul kemalarining Senkaku orollari akvatoriyasiga navbatdagi kirishi tufayli 21-fevral kuni Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe devonxonasi huzurida krizis shtabi tashkil etildi. Bu haqda NHK telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Orollar Tokio va Pekin o‘rtasidagi hududiy bahs predmetidir.
Hozirgi paytda krizis shtabi kelib tushayotgan ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish bilan shug‘ullanayotganligi ta’kidlanmoqda.
Yaponiya o‘zining suv hududi deb hisoblovchi Senkaku orollari akvatoriyasiga 21-fevral tongida XXRning uchta patrul kemasi kirdi. Yaponiya qirg‘oq mudofaasi Xitoy kemalaridan mazkur hududni zudlik bilan tark etishni talab qilmoqda.
Izoh (0)