Dunyodagi ilk davlat kriptovalyutasini ishga tushirgan Venesuela allaqachon yuzlab million dollar yig‘di. Bu haqda mamlakat prezidenti Nikolas Maduro xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“El Petro’ning bir kunlik sotuvi davomida 735 million dollar yig‘ildi. Bugun Superman bilan bellasha oladigan kriptovalyuta dunyoga kelmoqda”, — dedi u.
Investorlar 19-martgacha El Petro’ni xarid qilish imkoniyatiga ega. Uning qiymati bir donasi uchun 60 dollar atrofida. Jami 100 million kriptovalyuta sotish rejalashtirilmoqda. Agar Venesuela ushbu maqsadni amalga oshirsa El Petro kapitalizatsiyasi 6 milliard yevroni tashkil etadi.
Izoh (0)