Turkiya harbiy qo‘mondonligi Afrin yaqinida Suriya prezidenti Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlovchi 1,7 ming ko‘ngilli askar, shuningdek, IShID guruhi jangarilarini yo‘q qilganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Turk qo‘mondonligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar “Zaytun novdasi” turk operatsiyasi boshlangan 20-yanvardan 21-fevralgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Kuni kecha Suriya kurdlari Damashqni qo‘llab-quvvatlovchi ko‘ngilli askarlar Afrin hududiga kirganligini tasdiqlagan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)