O‘qituvchi yuqori sinfda o‘qiydigan o‘quvchilardan birini doskaning oldiga olib chiqib musht bilan qattiq zarba berayotgani aks etgan video tarqaldi, deb yozadi “UzNews.uz”.

Foto: “Uznews.uz”

Maktablardan birining o‘quvchilari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan va turli bahslarga sabab bo‘layotgan bu voqea joyi hozircha noma’lum.

Bu holatni shu xona oldidan o‘tib ketayotgan o‘quvchilardan biri tasvirga olgan, ammo o‘quvchi ham biroz qo‘rqibroq ushbu voqeani suratga tushirgani bois, voqea nima bilan tugaganini videoga olmagan.

“UzNews.uz” bu voqeaga oydinlik kiritish uchun Xalq ta’limi vazirligiga murojaat qildi, vazirlikdagilarning bu voqeadan hozircha xabari yo‘qligini, ammo ular holatni o‘rganib, natijasi bo‘yicha ma’lumot berishini aytdi.