20-fevral kuni Toshkent shahriga Hindistonning Kimyo sanoati va mineral o‘g‘itlar davlat vaziri Mansuh Mandaviya boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tashrif dasturiga ko‘ra O‘zbekiston hukumati, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Savdo-sanoat palatasida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish kutilmoda.
Hindiston delegatsiyasi ikki mamlakat farmatsevtika sohasi ishbilarmon doiralari vakillarining biznes-forumida ishtirok etadi hamda O‘zbekistonning qator viloyatlarida bo‘ladi.
Izoh (0)