O‘zbekiston harbiy sanoat davlat qo‘mitasida harbiy-sanoat kompleksini rivojlantirish fondi tashkil etildi. Uni shakllantirish va mablag‘larini sarflash to‘g‘risidagi nizom Vazirlar Mahkamasining 15-fevral kungi qarori bilan tasdiqlandi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Fond mablag‘lari O‘zbekiston davlat budjeti, shuningdek Davlat qo‘mitasiga habriy sanoat bo‘yicha to‘lanadigan komission to‘lovlar hisobidan shakllantiriladi.
Bundan tashqari, tashqi bozorga sotilayotgan harbiy-texnik mulk qiymatining 30 foizi va qo‘mita tomonidan beriladigan litsenziyalarning to‘liq qiymati fond hisobiga tushadi.
Fond mablag‘lari harbiy-sanoat kompleksida loyiha va dasturlarni moliyalashtirish, qurol-aslahalar, harbiy texnikani ishlab chiqarish va modernizatsiya qilish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Izoh (0)